Asosiy qismga o'tish
MEBELIMISH

Qanday ishlaydi

Mebelim Ish — faqat mebel sohasi uchun. Ishchi uchun ham, ish beruvchi uchun ham yo'l bir xil qisqa.

Ish qidiruvchi

  1. 1Rezyume tuzingKasb, tajriba, telefon — 3 daqiqa. Ish rasmlaringizni qo'shsangiz, taklif ko'proq keladi.
  2. 2Otklik beringVakansiyada «Otklik berish» — rezyumeni tanlab, xohlasangiz qisqa xabar yozasiz.
  3. 3Javobni kuzating«Yuborildi → Ko'rildi → Suhbatga chaqirildi → Ish taklif qilindi». Har bir o'zgarish haqida xabar keladi.
  4. 4Chatda kelishingSuhbat vaqti, manzil, sinov kuni — ish beruvchi bilan shu yerda yozishasiz.

Ish beruvchi

  1. 1Kompaniya profiliNom, yo'nalish, manzil, sex rasmlari. Mebelim ERP'dagi kompaniyalar belgi bilan chiqadi.
  2. 2Vakansiya e'loniMaosh (ishbay bo'lsa — oyiga o'rtacha), grafik, sharoitlar. Qoralama sifatida saqlab, keyin e'lon qilish mumkin.
  3. 3Nomzodlarni saralashOtkliklar bosqichma-bosqich: Yangi → Ko'rildi → Suhbat → Taklif → Ishga olindi yoki Rad.
  4. 4Faol qidiruvRezyumelar bazasidan o'zingiz topib, suhbatga bir tugmada taklif qilasiz.

Ko'p so'raladigan savollar

Rezyumemni kim ko'radi?

Uchta variant bor. «Hammaga ko'rinadi» — qidiruvda chiqadi, lekin to'liq ism va telefonni faqat ro'yxatdan o'tgan ish beruvchilar ko'radi. «Faqat kompaniyalarga» — qidiruvda ham faqat ular ko'radi. «Yashirin» — hech kim ko'rmaydi, faqat o'zingiz otklik yuborgan kompaniya.

Otklik yuborganimdan keyin nima bo'ladi?

Ish beruvchi otklikni ochishi bilan holat «Ko'rildi»ga o'tadi. Keyin u sizni suhbatga chaqirishi, ish taklif qilishi yoki rad javobi berishi mumkin. Har bir o'zgarish «Otkliklar» bo'limida va bildirishnomalarda ko'rinadi.

«Mebelim ERP'da» belgisi nimani bildiradi?

Kompaniya Mebelim ERP tizimida buyurtma, ombor va sexini yuritadi — ya'ni real faoliyat yuritayotgan mebel biznesi. Bunday kompaniya nomzodni ishga olgach, uni ERP'ga xodim sifatida bir tugmada qo'sha oladi.

Ishbay maosh qanday ko'rsatiladi?

Ishbay (bajarilgan ishga) to'lanadigan vakansiyalarda oyiga o'rtacha topish yoziladi va yonida «ishbay» belgisi turadi. Haftalik to'lov bo'lsa — sharoitlarda ko'rsatiladi.

Rezyumeni qanday qilib yuqoriga chiqaraman?

«Rezyumelarim» bo'limida «Ko'tarish» tugmasi bor — rezyume qidiruvda yangilanganlar orasida birinchi chiqadi. 4 soatda bir marta ishlatish mumkin.

Avto-qidiruv nima?

Qidiruv filtrlarini saqlab qo'yasiz — shunga mos yangi vakansiya (yoki rezyume) chiqsa, «Avto-qidiruvlar» bo'limida va bildirishnomada ko'rinadi. Har kuni qaytadan qidirish shart emas.

Ish uchun pul so'rashsa-chi?

Ishga olish, o'qitish, forma yoki hujjat uchun nomzoddan oldindan pul talab qilish qoidalarimizga zid. Bunday taklifga rozi bo'lmang va otklikni qaytarib oling.

Bir nechta rezyume tuzsa bo'ladimi?

Ha, 3 tagacha. Masalan, «CNC operatori» va «Mebel yig'uvchi» — har biri o'z kasbi bo'yicha qidiruvda chiqadi.

Joylashtirish qoidalari

Qoidalarni buzgan vakansiya va rezyumelar qidiruvdan olib tashlanadi.

  1. 1.Maosh haqiqiy bo'lsin. Ishbay bo'lsa — oyiga o'rtacha qancha topish mumkinligini yozing.
  2. 2.Nomzoddan ishga olish, o'qitish, forma yoki hujjat uchun pul talab qilinmaydi.
  3. 3.Jins, yosh, millat yoki tashqi ko'rinish bo'yicha talab qo'yilmaydi — faqat ko'nikma va tajriba.
  4. 4.Manzil, ish grafigi va sharoitlar (yotoqxona, ovqat, yo'l haqi) aniq yozilsin.
  5. 5.Bitta lavozim — bitta e'lon. Bir xil vakansiyani qayta-qayta joylamang, arxivdan qayta e'lon qiling.
  6. 6.Rezyumedagi kontaktlar faqat ish taklifi uchun — reklama yoki boshqa maqsadda ishlatilmaydi.